UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Oʻqituvchi

Translation is not possible.

وَٱتَّقُوا۟ يَوْمًا تُرْجَعُونَ فِيهِ إِلَى ٱللَّهِ ۖ ثُمَّ تُوَفَّىٰ كُلُّ نَفْسٍ مَّا كَسَبَتْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ

Allohga qaytariladigan kuningizdan qo‘rqing. So‘ngra har bir jon qilganiga yarasha to‘liq oladir. Ularga zulm qilinmas

2:281

Ibn Abbos roziyallohu anhu ushbu oyatni eng so’nggi nozil bo’lgani, degan

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Majidul Nabaviyda Hufton namozi vaqti

image
7 views
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Ramazonda eng qadrli bo‘lgan uch fursat💡

1 Bomdod namozidan keyingi kunning avvalgi soati

Nabiy sollallohu alayhi vasallam bu haqda: “Kim bomdodni jamoat bilan o‘qisa, so‘ngra quyosh chiqquncha Allohni zikr qilib o‘tirsa, so‘ng ikki rakʼat namoz o‘qisa, uning uchun haj va umraning ajridek bo‘lur. To‘liq, to‘liq, to‘liq”, dedilar (Termiziy)

Izoh: Ushbu rivoyatda vasf qilinayotgan namoz shuruq namozi ham deyiladi. Shuruq esa quyoshning chiqishidir. Bu hadisi sharifda bomdod namozi bilan quyosh chiqqungacha bo‘lgan vaqtni Allohning zikri bilan o‘tkazishga va ayni paytda shuruq namozini o‘qishga targ‘ib qilinmoqda. Avval aytilganidek, shuruq namozi choshgoh namozining eng avvalgi vaqtidagi namozdir. Shuningdek, hadisda bomdod namozini jamoat bilan o‘qishga targ‘ib borligi ham ochiq-oydin ko‘rinib turibdi.

Ushbu hadisga amal qilib, sahar chog‘i Allohning ibodati, zikri bilan mashg‘ul bo‘lish fazilatli ishdir. O‘tgan salafi solihlar bu ishga alohida eʼtibor berganlar. Rivoyat qilishlaricha, bir guruh hojilarning yo‘lini arslonlar to‘sib qolibdi. Arslonlar qamali uch kun davom etibdi. Arslonlardan qo‘rqib biror kishi uch kungacha mijja qoqmabdi. Nihoyat, uchinchi kuni saharda arslonlar ketishgach, hamma bomdodni o‘qib, o‘zini uyquga uribdi. Hojilarning ichida buyuk tobeinlardan Tovus rohimahulloh ham bor ekan. U kishi uxlashni hayoliga ham keltirmabdi. “Uch kun mijja qoqmadingiz, biroz uxlab olsangiz bo‘lar edi”, deyishgan ekan, “Bu paytda uxlab bo‘lmaydi” deb, zikrni davom ettirgan ekan.

Bu paytda yer yuzida navbatchilik qiladigan farishtalar almashayotgan bo‘ladilar. Bu vaqtda uxlash, g‘ofil bo‘lish va boshqa befoyda ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish mo‘min odamga to‘g‘ri kelmaydi. Saharda ibodat qilganlarning rizqi ulug‘, uxlaganlarning rizqi tor bo‘ladi.

2 Kunning oxirgi, quyosh botishidan oldingi payti

Ro‘zador odam bu oltin fursatni ko‘pincha iftor taomini tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘lib o‘tkazib yuboradi. Biroq, ro‘zaning ajr savobini qo‘lga kiritaman degan kishi bu fursatni o‘tkazib yubormasligi kerak. Bu nihoyatda qadrli fursatdir. Bu fursat duolar ijobat qilinadigan payt bo‘lgani uchun ham duo qilish uchun eng qulay imkoniyat hamdir.

3 Bomdoddan oldingi sahar payti

Alloh taolo bu paytdan unumli foydalanuvchi bandalarini “…va saharda istig‘for aytuvchilar”, deb maqtagan.

Ey ro‘zador birodarim! Ushbu oltin fursatni g‘animat bilib, muazzin azon aytgunicha duo-yu istig‘forga mashg‘ul bo‘ling. Xususan, Ramazon oyida bu fursatlarni qo‘lga kiritib, Alloh taolo bilan aloqalarimizni tiklamog‘imiz lozim.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#qurondan_duo

رَبَّنَا ٱغْفِرْ لَنَا وَلِإِخْوَٰنِنَا ٱلَّذِينَ سَبَقُونَا بِٱلْإِيمَٰنِ وَلَا تَجْعَلْ فِى قُلُوبِنَا غِلًّا لِّلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ رَبَّنَآ إِنَّكَ رَءُوفٌ رَّحِيمٌ 

“Ey Robbimiz, bizni va bizdan avval iymon bilan o‘tgan birodarlarimizni mag‘firat qilgin, qalbimizda iymon keltirganlarga nafrat solmagin, ey Robbimiz, albatta, Sen Shafqatli va Mehribonsan”.

59:10

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

إذا ما تحيرت في حالة ولم تدر فيها الخطا والصواب،

فخالف هواك فان الهوى يقود النفوس إلى ما يعاب،

Агар бир ҳол сени ҳайратга солса, ва у ишда хато ва тўғри нима эканини билмасанг, унда нафс-ҳавойингга хилоф-тескари иш қилгин, чунки ҳавойи-нафс нафсларни айблайдиган ишларга етаклайди.

image
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group