UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

Tanishuv

Assalomu alaykum, do’stlar! Ismim va rasmim profilda ko’ringanidek. Turkiyada proyekt menejeri sifatida ishlayman. Bo’ydoqman) O'zim haqimda ma'lumotlar shu yerda tugadi. Endi esa foydali ma'lumotlarga o'tsak.

UmmaLife ijtimoiy tarmog’idagi ikkinchi postimda o'zim ish davomida ishlatadigan asosiy ish qurollarim bilan tanishtirishmoqchiman. Ushbu ish qurollari sizga ham ancha foydali bo’ladi deb umid qilaman.

Ubuntu OS — Linux yadrosida ishlaydigan bepul operatsion tizim. Windows crack ishlatgandan ko’ra, bu operatsion tizimni ishlatish menga juda qulay, tez va oson ishlaydi.

Notion — Bu qaydlar yozish, rejalar tuzish va shaxsiy hayotni tartibga keltirish uchun eng yaxshi vosita hisoblanadi.

Copilot — Bu sun’iy intellekt. Bu haqida hali ko’p gaplashamiz, Inshaalloh.

Google Docs, Figma, Pomodoro, ChatGPT, .... Hozircha asosiylari shular. Lekin bu ro’yhat juda uzun davom etishi mumkin edi. Postlarimni kuzatib borsangiz, o’zingiz bunga guvohi bo’lasiz.

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Bismillahi Rohmanir Rohiym

UmmaLife ijtimoiy tarmog’idan ro’yhatdan o’tganimga 3 oy bo’lib qolibdi. Facebookdan ketganimga esa ancha bo’ldi. Bugun bu tarmoqda ilk postimni yozishga qaror qildim.

Bu tarmoqda, boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi kabi behuda vaqt o’tkazmasdan, faqat va faqat bir-birimizga foydali bo’ladigan kontentlar bilan boyitsak, ummat uchun ancha foydali bo’lardi.

Haqiqatan ham, tarmoqda hali kamchiliklar va xatolar bor. Lekin bunga nisbatan, bizning vazifamiz tarmoq asoschilariga tarmoqni xatolarini topib, yechim va o’z takliflarimizni yetkazish bilan tarmoq yanada rivojlanishiga yordam berish deb hisoblayman. Bu bilan siz musulmonlar tomonidan ochilgan tarmoqni rivojlanishiga yordam bergan hisoblanasiz.

Send as a message
Share on my page
Share in the group